Hujjatlar → Xavfsizlik

Ma'lumot qayerda va qancha saqlanadi

Asosiy printsip: video do'konda qoladi, cloudga faqat hodisa va kerakli kadr boradi.

Do'konda (lokal)

NimaQayerdaMuddat
Uzluksiz videoNVR diskida (bizga tegmaydi)NVR sozlamasiga qarab
Hodisa videobuferiDo'kon kompyuterida3 kun, hajm chegarasi bilan
Kamera parollariDo'kon kompyuterida / cloudda shifrlanganXizmat davomida
Takroriy tashrif izlari (pilot, funksiya yoqilgan bo'lsa)Faqat do'kon kompyuterida, ism va rasmsizOxirgi marta ko'rilganidan 30 kun

Cloudda (server Yevropada, Fransiyadagi ma'lumot markazi)

NimaIzohMuddat
Hodisalar (kirdi-chiqdi, navbat…)Raqam va vaqt — video emasTarifga qarab, standart 30 kun
Hodisa kadrlari (rasm)Faqat qoida ruxsat berganlari48 soat / hajm kvotasi
Qisqa video kliplarBitta klip 50 MB gacha, diskni aynan shular to‘ldiradi48 soat
Issiqlik xaritasiFaqat sonlar to'ri, rasm emas90 kun
Davomat yuz kadrlariFaqat davomat yoqilgan do'konda (pilot)48 soat, avto o'chadi
Yuz namunalari (embedding)Shifrlangan, kalit bazadan alohidaXodim chiqquncha yoki so'rovgacha

Kim ko'radi

Do'kon ma'lumotini faqat o'sha do'kon paneli a'zolari (egasi qo'shganlar) ko'radi. Rasmlar hech qachon ochiq havola bilan berilmaydi — faqat tizimga kirgan foydalanuvchiga. Har so'rov shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali.

Demografiya haqida

Jins/yosh statistikasi anonim: bu baho uchun yuz rasmi saqlanmaydi va yuborilmaydi, yuz namunasi (embedding) olinmaydi — faqat «ayol, ~30 yosh» ko'rinishidagi raqam hodisaga qo'shiladi. Mijozning kimligi aniqlanmaydi.

Takroriy tashrif hisobi (ixtiyoriy, pilot)

Faqat Biznes tarifida, standart holatda o'chiq; do'kon egasi panelda o'zi yoqadi va eshikka e'lon osilganini tasdiqlaydi. Yoqilganda do'kon kompyuteri kirish kamerasidagi yuzdan anonim raqamli iz hisoblaydi va uni faqat o'zida saqlaydi: iz cloudga yuborilmaydi, ism yoki rasmga bog'lanmaydi va oxirgi marta ko'rilganidan 30 kun o'tgach o'chiriladi. Mijozning kimligi aniqlanmaydi. Panelga faqat umumiy sonlar boradi — nechta yangi, nechta qaytgan tashrif va necha kunda qaytgani.

Xodimlar sanoqqa kirmaydi

Xodim kuniga o'n martalab eshikdan o'tadi. Davomat (yuz tanish) yoqilgan do'konda tizim uni taniydi va uning o'tishlari mijoz sanog'idan, soatlik grafikdan va jins/yosh statistikasidan chiqarib tashlanadi. Hisobotda nechta o'tish chiqarilgani ham ko'rsatiladi.

Davomat yoqilmagan bo'lsa tizim xodimni mijozdan ajrata olmaydi — u holda kirish soni xodimlar hisobiga biroz yuqori chiqadi.

To'liq siyosat

Maxfiylik sahifasi · Davomat uchun rozilik shabloni · Do‘kon eshigiga kuzatuv eslatmasi.