Hujjatlar → Hikvision
Hikvision / HiLook NVR
Odatda dastur hammasini o'zi topadi. Bu sahifa qo'lda kiritish kerak bo'lgan holatlar uchun.
RTSP manzil formati
rtsp://LOGIN:PAROL@NVR_IP:554/Streaming/Channels/102
| Raqam | Ma'nosi |
|---|---|
101 | 1-kanal, asosiy oqim (og'ir — tahlilga emas, hodisa videosi uchun; o'chirmang) |
102 | 1-kanal, substream (yengil — shuni ishlating) |
202, 302… | 2-, 3-kanal substreamlari |
ONVIF yoqish (avtomatik topish uchun)
NVR menyusi: Configuration → Network → Advanced Settings → Integration Protocol → «Enable ONVIF» belgilang va foydalanuvchi qo'shing (Media huquqi bilan). Ayrim modellarda ONVIF alohida foydalanuvchi talab qiladi — admin login bilan ishlamasa shu sabab.
Substream sozlash
Configuration → Video/Audio → Sub-stream: kodek H.264 (H.265 emas!), 10–15 fps. O'lcham: oddiy kamera — 640×360; kirish (eshik) kamerasi — 1280×720, aks holda yuz va mijoz portreti o'qilmaydi. Asosiy oqim (101) tahlilga kerak emas, lekin hodisa videosi undan kesiladi — o'chirmang. H.265 substream tahlil kompyuterida ochilmasligi mumkin — bu eng ko'p uchraydigan «tasvir kelmadi» sababi.
Port
RTSP standart port: 554. NVR'da o'zgartirilgan bo'lsa (Network → Ports) manzilda o'sha portni yozing.