Hujjatlar → Uniview
Uniview (UNV) NVR
Odatda dastur hammasini o'zi topadi. Bu sahifa qo'lda kiritish kerak bo'lgan holatlar uchun.
RTSP manzil formati
rtsp://LOGIN:PAROL@NVR_IP:554/unicast/c1/s1/live
| Qism | Ma'nosi |
|---|---|
c1, c2… | Kanal raqami |
s0 | Asosiy oqim (og'ir — tahlilga emas, hodisa videosi uchun; o'chirmang) |
s1 | Substream (yengil — shuni ishlating) |
ONVIF
Uniview'da ONVIF odatda standart yoqiq (port 80). Ishlamasa: Setup → Network → Port bo'limida ONVIF/HTTP portini tekshiring va foydalanuvchi huquqlarini ko'ring.
Substream sozlash
Setup → Camera → Encoding: Sub Stream — H.264, 10–15 fps. O'lcham: oddiy kamera — 640×360; kirish (eshik) kamerasi — 1280×720, aks holda yuz va mijoz portreti o'qilmaydi. Asosiy oqim (s0) tahlilga kerak emas, lekin hodisa videosi undan kesiladi — o'chirmang.