Hujjatlar → Windows o'rnatish
Windows kompyuterga o'rnatish
Kerak: Windows 10/11 (64-bit), 8 GB RAM. Oddiy ofis kompyuteri (masalan, Core i5) 4 kamerani bemalol ko'taradi. O'rnatishning o'zi uchun internet shart emas; panel va Telegram hisobotlari uchun kerak.
1. Yuklab olish va o'rnatish
chaqimchi.uz/install sahifasidan o'rnatuvchini yuklab oling va ishga tushiring: «Keyingi → Keyingi → O'rnatish». O'rnatuvchi hamma keraklisini o'zi olib keladi (AI modellari, video kutubxonalari) — qo'shimcha dastur kerak emas. Windows «kompyuteringizni himoya qildi» desa: «Qo'shimcha ma'lumot» → «Baribir ishga tushirish».
2. Ro'yxatdan o'tish va kompyuterni ulash
O'rnatish tugagach brauzer o'zi ochiladi. Telefon raqamingiz, login va parolni kiriting. So'ng «Bu kompyuterni ulaymizmi?» savoliga Ha deng — ekrandagi kod dastur oynasidagi kod bilan bir xil bo'lishi kerak. Kod kiritish shart emas.
3. Kamera va kirish chizig'i
Panelda «Kamerani ulash» → «Qidirish». Ko'p NVR o'zini tarmoqda e'lon qilmaydi — topilmasa NVR IP manzili va login-parolini qo'lda kiriting, dastur kanallarni o'zi tekshiradi. So'ng «Chiziq va zonalar» bo'limida kirish chizig'ini eshik oldiga suring. Chiziqsiz hech narsa sanalmaydi; birinchi raqamlar 10–20 daqiqada chiqadi.
Internetsiz yoki usta orqali o'rnatish
Internet bo'lmasa shu kompyuterda http://127.0.0.1:8760 ni oching (yorliq ish stolida). Sozlash ustasida kameralarni qidirasiz, nom berasiz va chiziq chizasiz — tahlil lokal ishlaydi. Cloudga keyinroq ulash uchun ustaning oxirgi qadamida bizdan olingan 6 belgili kodni kiriting: +998 93 222 50 70.
Keyingi qadam
NVR brendingizga mos sahifa: Hikvision · Dahua · Uniview. Ishlamasa: muammolar sahifasi.